Abu Bakr Samarqandiy

Abu Bakr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي) — faylasuf va ilohiyotchi. „Maolim uddin“ („Dinning belgilari“), „at-Tibb ur-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli falsafiy asarlari bor.[1]

Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan[2][3][4].Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: “Ar-rad ala-l-karromiya” (“Karromiyalarga raddiya”), “Kitobu-l-anvor” (“Nurlar kitobi”), “Maolimu-d-din” (“Dinning belgilari”), “At-tibbu-r-ruhoniy” (“Ruh tabobati”) nomli asar. K. Brokkelman “Arab adabiyoti tarixi” nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb ta’rif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313/925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan.[5]

  1. "Abu Bakr Samarqandiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „ABŪ BAKR SAMARQANDĪ“. Encyclopædia Iranica.
  3. Carl Brockelmann. History of the Arabic Written Tradition; Supplement Volume 1. Brill Publishers, 2017 — 344 bet. ISBN 9789004334625. 
  4. Josef van Ess. Theology and Society in the Second and Third Centuries of the Hijra. Volume 2: A History of Religious Thought in Early Islam. Brill Publishers, 2017 — 633 bet. ISBN 9789004344020. 
  5. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 534.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search